Qozog‘iston tengesi bir kunda 9,5 foizga arzonladi
Qozog‘iston fond birjasi (KASE)dagi kechki savdolar natijasiga ko‘ra dollarning o‘rtacha kursi 239,35 tengeni tashkil etdi.
“Dollarning o‘rtacha bahosi 239,35 tengeni tashkil etdi, savdolar hajmi esa 38,9 mln dollar”, – deyiladi KASE xabarida.
Bu esa Amerika valyutasining bahosi dushanba, 24 avgustdagi ko‘rsatkichlarga qaraganda 20,74 tenge yoki 9,5 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kungi savdolar natijasiga binoan Qozog‘iston milliy banki dollarning o‘rtacha bahosini 230,11 tenge deb belgilagan edi.