Dollarning Qozog‘iston milliy valyutasi – tengega nisbatan o‘rtacha kursi 2.79 tengega oshib, 252.47 tenge/1 dollarni tashkil qildi. Bu haqda Qozog‘iston fond birjasi (KASE) savdolari chog‘ida ma’lum qilindi.
Savdolarning ertalabki sessiya umumiy hajmi 49.6 mln dollarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston rahbariyati tenge kursini erkin qo‘yib yuborishi haqida e’lon qilganidan so‘ng monetar siyosatning birinchi kunidayoq tenge dollarga nisbatan 26 foizga arzonlashdi va real kurs 255 tenge/1 dollarni tashkil qildi.