Qahva saratonga sabab bo‘ladimi? Bu haqda yakuniy xulosaga kelinmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Saraton agentligining ma’lum qilishicha, qahvadan saraton kelib chiqishi hali tasdiqlanmagan bo‘lsada, juda qaynoq ichimliklar inson organizmida saratonni keltirib chiqarishi mumkin ekan. Bu haqda “Reuters” yozmoqda.
Saraton xastaliklari bo‘yicha tadqiqotlar xalqaro agentligi (SXTXA) shu vaqtgacha qahva saraton xastaligini keltirib chiqarishi mumkinligi haqida odamlarni ogohlantirib kelar edi, biroq yillar o‘tgach, tashkilot sho‘ fikrini o‘zgartirdi. Bugun, 15 iyun kuni agentlik mazkur masala yuzasidan so‘nggi xulosasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, qahva saraton xastaligini keltirib chiqarishiga doir aniq dalil yo‘q.
Lekin, SXTXAning aytishicha, Selsiy bo‘yicha 65 gradusdan yuqori haroratdagi suv, qahva, choy va boshqa ichimliklar qizilo‘ngach saratonini qo‘zg‘atuvchi ta’sirga egadir.
Fransiyaning Lion shahrida joylashgan SXTXA o‘tgan yili ishlov berilgan go‘sht saratonga sabab bo‘lishini aytgan va mazkur xulosaga odamlar va hayvonlarda o‘tkazilgan mingdan ortiq tadqiqotlar sabab bo‘lgan edi.
Agentlikning qahva yuzasidan yakuniy xulosaga kelgani ko‘plab qahva ishlab chiqaruvchilar va uni xush ko‘ruvchilar uchun yaxshi yangilik bo‘ldi.