Italiyalik tadqiqotchilar har kuni, muntazam ravishda olma iste’mol qilsangiz, o‘zingizni saratonning olti turidan himoya qilishingizni isbotladi, deb xabar berdi “Nealth.mail.ru” nashri.
Peruji Universiteti mutaxassislari tadqiqot natijalarini Public Health Nutrition jurnalida e’lon qildi.
Olimlar ovqatlanish rasioni va saraton kasalliklarining kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan qirqdan ortiq tadqiqot xulosalarini umumlashtirdi. Natijada olma oshqozon va qizilo‘ngach saratoniga chalinish xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Olmani sevib iste’mol qiluvchilar orasida o‘pka saratoniga chalinish 25 % ga, ko‘krak bezi saratoniga chalinish xavfi esa besh barobar kamligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari olma, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i saratonining oldini olishda ham katta yordam berishi aniqlandi.
Olmaning tarkibida mavjud bo‘lgan flavonoidlar antioksidant xususiyatga ega bo‘lgani sababli saratonning oldini oladi.