Norvegiyalik shifokorlar saratonga qarshi yangi dori vositasini yaratdi
ScienceNordic.com ilmiy axborot portalining yozishicha, Norvegiyadagi Bergen universitetining professora Karl-Xenning Kalland boshchiligidagi bir guruh olimlari saratonga yo‘liqqan hujayralarni yo‘q qiluvchi yangi dori vositasini tajribadan o‘tkaza boshlagan.
Tadqiqot guruhi a’zolaridan biri Si-Sun Kening ma’lum qilishicha, laboratoriyada jonivorlar ustida o‘tkazilgan tajribalar davomida yangi preparat o‘simtalarning rivojlanishini to‘xtatgani, ularni kichraytirgani va hatto butunlay yo‘q qilgani kuzatilgan.
Dorini yaratishda saratonni davolashda qo‘llanadigan preparatlar bilan bir qatorda Xitoy tabobatida qo‘llanib kelingan dorivor o‘simliklar ekstraktidan ham foydalanilgan.