Ikki yildan buyon TVlarda ko‘rinmay qolgan aktyor so‘nggi bor rejissyor Yolqin To‘ychievning "Hayotda" filmida suratga tushgan edi.
So‘ngi vaqtlarda aktyor va rejissyor Alisher Uzoqovning vafot etgani haqida tarqalgan mish-mishlar nafaqat o‘zbekistonliklar, balki qo‘shni mamlakatlardagi hamyurtlarimizning ham qulog‘iga borib yetdi. Taxririyatimizga aktyor Alisher Uzoqovning salomatligidan qayg‘urib, u haqida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritishni so‘rab murojaat qilayotganlar ko‘p bo‘lyapti. “Qalampir.uz” muxbirlari aktyor Alisher Uzoqov bilan bog‘landi.
Alisher Uzoqov, aktyor:
— (kulib) Shukur tirikman! Muxlislar Alisher Uzoqov saraton kasaliga chalingan degan gaplarga ham yo vafot etib degan mish-mishlarga ham ishonishmasin.
— Bu gaplarning bolalashiga biror sabab bordir? Yo ma’lum vaqt tobingiz bo‘lmadimi?
— Yo‘q, sog‘ligimdan hech qanday shikoyatim yo‘q. Odamlarni bilasiz-ku, ko‘rmasdan, bilmasdan turib yangi gaplarni o‘ylab topishadi. Shu kunlarda yangi film ustida ish boshlaganman. Ayni vaqtda o‘z uyimda ssenariy yozib o‘tiribman.
— “Kuzda gullagan daraxt” nomli filmingiz katta ekranlarda namoyish etildiyu uning diski sotuvga chiqmadi.
— Bu filmning yutuqlari qancha ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, kamchiliklari ham kam emasdi. Birozdan keyin filmga yangi qo‘shimchalar kiritib qaytadan premera qilishni rejalashtiryapmiz.
Fikrimizcha, aktyor haqidagi turli mish-mishlarning tarqalishiga uning ikki yildan buyon TV orqali ko‘rinmay qolgani sabab bo‘lsa ajabmas. Uzoqov so‘ngi bor 2015 yilda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan rejissyor Yolqin To‘ychievning “Hayotda” nomli filmida suratga tushgan edi.