Rayhon Yigitali ishtirokidagi filmga pul tikmasligini qat’iy ta’kidladi
Xonanda Rayhon aktyor Yigitali Mamajonov ishtirokidagi filmga pul tikmasligini ta’kidladi. Bu haqda “Darakchi” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Darakchi” gazetasi muxbiri Rayhonga shunday savol bilan murojaat qilgandi: “Gauri Xon eri Shohruh Xonning “Yangi yil bilan” filmiga prodyuserlik qildi. Anjelina Joli ham eri Bred Pittning yangi filmi xarajatlarini o‘z bo‘yniga oldi. Madonna ham sobiq eriga moliyaviy yordam bergan. Balki siz ham Yigitali ijrosidagi yangi filmga pul tikarsiz?”.
“Yo‘q. [Bu qat’iy javobim. Fikrim] o‘zgarmasligi aniq”, – dedi Rayhon. Xonandaning qo‘shimcha qilishicha, u Yigitali Mamajonovni kechirishi mumkin, biroq u bilan “boshqa munosabat tiklamaydi”.
Avvalroq, xonanda Rayhon eri, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashishga ariza bergani haqida xabar berilgandi. Qayd etish joiz, ular 2012-yil kuzida turmush qurishgan edi.
Ajirashishi aniq edi ularning hozirgi kunda turmush qurushdan kora ajirashish ko'payip ketiyabdidiy axiri oila bu muhadasdir uni asirash kerak bu er qotinin burshi u 1 kunlik rul o'ynab ketadigan pyesa emas ku