Aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva turmush qurdi. Bu haqda jurnalist Sardor Komilov ma’lumotiga asoslanib "Daryo" nashri ma’lum qildi.
Yigitali va Muqaddas qonuniy tarzda nikohdan o‘tgan. Ular shuningdek farzand ham kutishmoqda.
Muqaddas Sa’dullayeva esa avvalgi turmushidan Sa’diya ismli qiz farzand ko‘rgan. Aktrisa Instagram’dagi postlaridan birida «Hayotiy tajribamga ko‘ra, insonlar birovning shaxsiy hayotiga ham aralashib turmushini buzib yuborishganigacha ko‘rib guvoh bo‘ldim. Shaxsiy hayot shaxsiyligicha, sirliligicha qolgani yaxshi! Oilamni bundan buyog‘iga har qanday balo qazolardan uzoq tutaman», — deb yozgan edi.
Ushbu nikoh Yigitalining uchinchi, Muqaddas Sa’dullayevaning ikkinchi turmushi hisoblanadi. Yigitalining avvalgi nikohlaridan uch nafar farzandi bor.