62 yoshli aktyor Jeff Goldblyum ilk bor ota bo‘ldi
O‘zining “Chivin” va “Yura davri bog‘i” filmlaridagi rollari bilan mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Jeff Goldblyum va uning rafiqasi Emili Livingstonlarning 4-iyul kuni birinchi farzandi tug‘ildi. Ular o‘g‘liga Charli Oushen ismini qo‘ydi, deb xabar beradi“Korrespondent.net”.
62 yoshli aktyor ilk bor ota bo‘ldi. U Emiliga qadar ikki marta oila qurgan, biroq farzandli bo‘lmagan.
Jeff Goldblyum va undan 30 yosh kichik sportchi Emili Livingston 2011-yilda uchrasha boshlagan. 2014-yilning 8-iyul kuni aktyor sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan va shu yilning 8-noyabrida ular nikohdan o‘tishgan edi.