“Cho‘qintirgan ota” filmidagi ishtiroki bilan butun dunyoga tanilgan amerikalik mashhur aktyor 25-aprel kuni 75 yoshga to‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Alfredo Jeyms (Al Pachino) 1940-yil 25-aprelida AQSHning Nyu-York shahrida, kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan amerikaliklar – Salvatore va Roza Pachinolar oilasida tug‘ilgan.
Kinodagi ilk katta roli rejissyor Jerri Shatsbergning “Nidl-Parkdagi vahima” kartinasida bangi Bobbi qahramoni edi. Shundan so‘ng Pachino rejissyor Frensis Ford Koppola e’tiboriga tushdi.
Koppola uni “Cho‘qintirgan ota” filmidagi Maykl Karleone roliga taklif qildi, aktyor aynan shu roli sabab ilk bor “Oskar” mukofotiga da’vogarlik qildi.
Al Pachino yettinichi urinishdan so‘ng, Martin Brestning “Ayol tarovati” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor”ga atalgan “Oskar” haykalchasi egasiga aylandi.
Bundan tashqari, Al Pachino to‘rtta “Oltin globus”, Britaniya kino- va telesan’at akademiyasi sovrini, ikkitadan “Emmi” va “Toni” mukofoti va boshqa yutuqlar bor.