Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning saytiga xakerlar hujum qildi
10 mart kuni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning vafot etgani haqida xabar qilingach, uning sayti bo‘lgan www.islom.uz saytiga xakerlar tomonidan hujum uyushtirilgan.
Ushbu hujum bundan oldin ham FQB, Yevroparlament hamda dunyodagi ko‘plab mamlakatlarning hukumat saytlariga hujum uyushtirgan Anonymous nomli xakerlik guruhi tomonidan amalga oshirildi. Hujum bartaraf etilgunicha, saytning bosh sahifasida “We are Anonymous” va “We are Charlie” yozuvi turgan.
Ushbu sahifadagi rasm manzili Polshadan ekanligi ma’lum.
Ma’lumot uchun, 10 mart kuni www.islom.uz saytiga 21000 dan ortiq kishi tashrif buyurgan. www.islom.uz portali o‘zbek tilidagi eng katta diniy-ma’rifiy sayt hisoblanadi.