Soch to‘kilishi nafaqat ayollarni, balki erkaklarni ham xavotirga soladigan muammodir. Olimlarning aniqlashicha, tarkibida kofein saqlovchi mahsulotlar soch to‘kilishining oldini oladi va davolaydi, deb yozadi “Segodnya.ua” nashri.
AQShlik professor Peter Elsnerning aytishicha, qahva yordamida erkaklardagi soch to‘kilishini samarali davolash mumkin. Chunki qahva tarkibidagi kofein moddasi erkaklardagi testosteron garmoniga ta’sir o‘tkazadi. Ayni mana shu garmon miqdorining kamayishi yoki ko‘payishi esa erkaklarda soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi.
Biroq, bu muntazam ravishda qahva ichadigan insonlar soch to‘kilishidan aziyat chekmaydi, degani emas. Soch to‘kilishining oldini olish uchun kofeinni boshga niqob sifatida qo‘llash lozim.
Kosmetolog Adolf Klenkning ma’lum qilishicha, kofein soch ildiziga qadar yetib borishi uchun har bir kishi kuniga 60-80 finjon qahva ichishi talab etiladi. Bunday ko‘p miqdordagi qahvani bir kunda iste’mol qilishning esa imkoni yo‘q.
Soch to‘kilishining oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan soch ildiziga qahvali niqob surib turish kerak.