Qaynoq choy va qahva saratonni chaqirishi ma’lum bo‘ldi
Amerikalik olimlar qaynoq choy va qahvaning o‘limga olib boradigan xavfini aniqlashdi, deb xabar qildi The Mirror nashri.
Ularning xulosalariga ko‘ra, qaynoq choy va qahva saraton kasalligiga sabab bo‘larkan.
Aytilishicha, Selsiy bo‘yicha 90 daraja haroratdagi qaynoq choy va qahva ichilganda, ovqat hazm qilish tizimidagi organlarda saraton kasalligi shakllanishi mumkin ekan. Bu 90 foiz hollarda ro‘y berishi mumkin. Shu bois qaynoq ichimliklarni ichishdan oldin biroz sovishga qo‘yish tavsiya etilmoqda.