Prezident bir vazir va ikki qo‘mita raisi o‘rinbosarlarini ishdan oldi
Favqulodda vaziyatlar vaziri, Veterinariya qo‘mitasi raisi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining bittadan o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorlarni imzoladi.
Qarorlar bilan:
• Azizbek Latifjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
• Sirojiddin Berdiqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
• Bekzod Ummatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.