Poytaxtda Beeline aloqasi sezilarli darajada yaxshilandi
Eng yirik aloqa operatori Beeline Toshkent shahrida GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar bermoqda. Chilonzor, Olmazor, Sirg‘ali, Xamza, Mirzo-Ulug‘bek, Uchtepa va Shayhontohur tumanlarida yangi asosiy stansiyalar o‘rnatildi.
“Biz Beeline tarmog‘ining ishonchli qoplami uchun ish olib boramiz. Bu kompaniyamizning sohadagi innovatsion yetakchi bo‘lib qolishining omilidir, — deydi Unitel’ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh. — Yangi asosiy stansiyalar poytaxtda ovozli aloqa va mobil internet sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda”.
Qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish natijasida Sirg‘ali 8 mavzesida, Olmazor tumanidagi Ziyo, Qizg‘aldoq va Beruniy, Chilonzor tumanidagi Bunyodkor, “Proyektnaya” va Qatortol, Xamza tumanidagi M. Ashrafiy, X. Shamsutdinova ko‘chalarida signalning yuksak darajasi ta’minlandi.
Shayxontohur tumanining Farobiy ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek tumanining Oltintepa, Mustaqillik ko‘chalari va Humoyun mavzesida, Uchtepa tumanining Farhod va To‘qimachi ko‘chalarida aloqa signali sezilarli darajada yaxshilandi.