Phone 7 va Leica M9-P professional kamerasida olingan suratlar taqqoslandi
Yaponiyalik fotosuratchi Shin Noguchi iPhone 7 smartfoni va Leica M9-P fotoapparatida tushirilgan suratlarni solishtirib ko‘rishga qaror qildi, deb yozadi “iHoops.uz”.
Leica M9-Pf/2.0 diafragmali 35 mm Leica Summicron obyektiviga ega bo‘lib, u taxminan 8 ming dollar turadi. iPhone 7 kamerasi esa bugungi kunda smartfonlarga o‘rnatilgan eng kuchli kamera deya ta’riflanmoqda.
Texnik jihatdan, iPhone 7 kamerasi professional fotoapparatdan ortda qoladi, ammo suratlarga qarab qaysi biri smartfonda, qaysi biri professional kamerada tushirilganini ajratish qiyin.
Fotosuratchi o‘z eksperimenti natijasidan hayron qolganini yashirmadi, va iPhone 7 kamerasini 1/3 dyuym sensor bilan jihozlangan kameralar ichida eng yaxshisi deb atadi.