Parijda noma’lum kimsa Fransiya prezidentligiga nomzod Emmanuel Makronga tuxum otdi (video)
Noma’lum kimsa Fransiya prezidentligiga da’vogarlardan biri, mamlakat sobiq iqtisod vaziri Emmanuel Makronning boshiga tuxum otdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Sobiq vazir va “Olg‘a” harakati asoschisi Parijdagi qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurgandi. Hodisa aynan o‘sha yerda sodir bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada Makron gapirayotgan vaqtda tuxum uning boshiga tekkanini ko‘rish mumkin. Tuxum siyosatchining boshiga kelib tushgach, soqchilardan biri uni ehtimoliy hujumdan saqlashga urindi.