Fransiyadagi shifoxonada ikkita portlash qayd etildi
7 iyul kuni Fransiya janubi-sharqida joylashgan gospitallarning birida ikki portlash ro‘y berdi, deb yozadi “Dayonline.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, porlash sodir bo‘lishidan avval gospital binosida yong‘in chiqqan. Uzoq masofadan ham binodan chiqayotgan qora tutun yaqqol ko‘rinib turgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, shifoxona hududida ketma-ket ikki marta portlash sodir bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in va portlash tufayli binodagi bemorlar va tibbiyot hodimlari evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Hozirgacha hodisa vaqtida vafot etganlar haqida biror ma’lumot mavjud emas, portlash sabablari esa aniqlanmoqda.