Malayziyaning sharqiy qismida juma kuni 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Segodnya.ua’ning Sultonlik meteorologiya departamentiga asoslanib xabar berishicha, sunami xavfi kutilayotgani yo‘q.
Zilzila epitsentri Sabah shtatining Rana shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 54 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
“Zilzila binolarni silkitib yubordi, oqibatda odamlar o‘z uylarini, do‘konlarni va hatto Sabah shtati poytaxti Kota-Kinabaludagi xalqaro aeroport terminalini ham tashlab chiqishdi”, – deb yozadi Star gazetasi.
Zilzila natijasida halok bo‘lganlar va jabrlangan haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Qo‘shni Indoneziya va Filippindan farqli o‘laroq, bu qadar kuchli zilzilalar Malayziya uchun noodatiydir.