Nepaldagi zilzila qurbonlari soni 8 ming kishiga yetishi mumkin
25 aprel kuni Nepalda 7,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila epimarkazi Katmandu shimoli-g‘arbidan 82 kilometr uzoqlikda joylashgan. Zilziladan so‘ng 20 ta aftershok yuz bergan. Hukumat mazkur tabiiy ofatni 81 yil ichidagi eng kuchlisi deb tan olinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida qurbonlar soni ayni vaqtda 3218 kishini tashkil qildi, yaralanganlar soni esa 6538 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters mahalliy polisiya vakillariga tayanib xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlar umumiy soni sakkiz ming kishini tashkil qilishi mumkin, degan fikrni keltirmoqda mahalliy Himalayan Times nashri, hukumat vakillarining xulosalariga tayangan holda.
Hozirda Rossiya, AQSh, Isroil, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Polsha va OAE qutqaruv guruhlari ofat hududida ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.