Seysmologlar 28 dekabr kuni tongida, (Toshkent vaqti bilan soat 04:05da) Tojikiston hududida ro‘y bergan zilzilani qayd etishdi.
Tojikistondagi bu zilzila kuchi 4,6 ballga teng bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i mamlakat poytaxti Dushanbedan 347 km, Xorug shahridan esa 116 km masofadagi hududda bo‘lgan.
Yevropa O‘rtaer dengizi seysmologiya xizmati (EMSC) ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 30 km chuqurlikda joylashgan.
Qayd etish kerakki, Tojikiston zilzilalar faollashgan hududga aylandi. 7 dekabr kuni Tojikistonning Sarez ko‘li yaqinidagi hududida 7,2 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Tahlilchilarning xavotir bilan bildirishicha, bu ko‘l suvini to‘sib turuvchi Usoy to‘g‘oni zilzila tufayli buzilsa, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston hamda Turkmaniston hududidagi 5 million kishining hayoti xavf ostida qoladi.