Malayziya va Tainland chegarasida qul savdogarlarining 20 nafardan ortiq qurbonlari ko‘milgan qabriston aniqlandi. Bu haqda The Star nashrida yozilgan.
Taxminlarga ko‘ra, marhumlar zo‘ravonlik va ochlik tufayli halok bo‘lishgan. Ular Bangladesh fuqarolari bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu qabrlar kuchli yomg‘ir tufayli ochilib qolgan.
Shu yilning may oyida ham Malayziyada qul savdogarlari qarorgohi yaqinida 140 nafardan ortiq jasad ko‘milgan qabriston borligi aniqlangandi. O‘sha oyda qo‘shni Tailandda ham kichikroq shunday qabriston topilgan.