IShID jangarilari videomurojaat orqali Fransiyaga shart qo‘ydi
IShID terrorchilik tashkiloti vakillari Parij teraktlari yuzasidan o‘z videomurojaatlarini e’lon qildi.
Unda aytilishicha, agar Suriyadagi bombardimonlar to‘xtatilmas ekan, Parijdagi terrorchilik hujumlari davom etaveradi.
“Sizlar bombardimon qilishni davom ettirar ekansiz, tinch yashay olmaysiz. Siz hatto bozorlarga kirishga ham qo‘rqib qolasiz”, — deydi videomurojaatda jangarilardan biri.
Ma’lumot uchun, 13 noyabr oqshomida Parijning bir qancha okruglarida teraktlar uyushtirildi va buning oqibatida 128 nafar kishi nobud bo‘ldi, jarohat olganlardan 99 kishining ahvoli ancha og‘irligi ma’lum qilindi.