Ozoda Nursaidova butunlay o‘zgacha qiyofada namoyon bo‘ldi
O‘zbek estarada xonandalaridan birining o‘g‘il to‘yida Ozoda Nursaidova butunlay o‘zgacha qiyofada namoyon bo‘ldi. To‘y sohibasiga yaqin Kun.uz axborot manbasi taqdim etgan fotosuratlardan ko‘rish mumkinki, Ozoda Nursaidova soch turmagi, kiyinish uslubini ham butunlay o‘zgartirgan.
Ushbu masalada xonanda bilan suhbatlashganimizda, bunga bir necha oy davomida parhez saqlashga to‘g‘ri kelganini asosiy sabab sifatida aytib o‘tdi. Ayni paytda Ozoda Saidzoda o‘zining yangi albomi ustida qizg‘in ish olib bormoqda. Yaqin vaqtlar ichida u muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Shuningdek, xonanda “Uzstar” loyihasiga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 dekabr kuni loyihaning Toshkent shahridagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.