Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Odnoklassniki, Facebook, Twitter…da qiyofangiz qanday





Virtual olamdagi do`stlaringizu bir zumlik tanishlaringizda siz qanday taassurot uyg`otasiz? Buni testimiz savollariga javob berib, bilib olishingiz mumkin. Natijaga qarab, qiyofangizga yangicha chizgi chizish kerakmi, yo`qmi, o`zingiz hal qilasiz.

 

1. Ko`proq vaqtingiz qaysi saytda va nima uchun o`tadi?

A) «Facebook» va «twitter» ijtimoiy saytlarida. Asosan ish yuzasidan.

B) «VKontakte» va «Odnoklassniki»da: men yasama xo`jako`rsinni yoqtirmayman.

V) U yoki bu ijtimoiy saytda deya olmayman. Qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi.

 

2. «Eshik»lar hammaga ochiqmi?

A) Ha, shunda yaxshi suhbatdosh uchrab qolish ehtimoli ko`proq.

B) Faqat mening do`stlarim: ulardan yashiradigan sirim yo`q.

V) Ba`zi suratlarimni faqat tor doiradagi odamlar ko`rishlari mumkin.

 

3. Notanish odam sizga do`stlashishni taklif qilsa…

A) Umumiy do`stlarimiz soni ko`p bo`lsa, qabul qilaman.

B) Sababini tushuntirib, xat yubormagan bo`lsa, taklifni rad etishim aniq.

V) Suratiga qarab, do`stlarim safiga qo`shaman.

 

4. Aloqadasiz…

A) Deyarli kun bo`yi. Do`stlarim ijtimoiy hayotidagi biror yangilikdan boxabar qolmasligim kerak.

B) Ijtimoiy tarmoqlardagi vaqtimni cheklayman: ertalab, kechqurun. Asosan kim bilandir yozishayotgan bo`lsam.

V) Kayfiyatimga bog`liq: ba`zan sutkasiga 24 soat, gohida haftada bir marta.

 

5. Profilingizga joylashtirasiz…

A) Kulgili, hayotiy, kayfiyatni ko`taradigan surat va matnlar.

B) Muhim ahamiyatga ega bo`lgan ma`lumotlarni.

V) Boshqalarnikiga o`xshamagan original matn va suratlar.

 

6. Dam olish ta`tilidan bir dunyo suratlar bilan qaytdingiz. Ulardan qandaylari profildagi albomingizdan joy oladi?

A) Hammasi, sifati va ko`rinishida nuqsoni bo`lganlaridan tashqari.

B) Ko`pchilikka tanish bo`lgan tarixiy obidalar yonida tushgan suratlar. Albatta, ularda o`zim ham chiroyli bo`lishim kerak.

V) Chiroyli manzaralar, odamlar. Men sayohatchilar uchun odatiy bo`lgan yo`nalishdan chetga chiqishga harakat qilaman.

 

7. Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy hayotni oshkor qilmaslik qoidasiga amal qilasizmi?

A) Sevgan insonim bilan birga tushgan bir nechta suratlarimni izohsiz joylashtiraman. Yaqinlarim busiz ham shaxsiy hayotimdan xabardor.

B) Yuq, hayotimning qaysidir qismi ijtimoiy tarmoqlarda o`tgani sabab yaqin insonlarim bilan tushgan suratlarimni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish men uchun tabiiy hol.

V) Profilimdan dunyoqarashim, shaxsiy fikrlarimni bayon qilish uchun foydalanaman. Virtual do`stlarim shaxsiy hayotim haqidagi ma`lumotlarni bilishlari shart emas.

 

8. Profilingizda hayvonot olami vakillarining suratlari bormi?

A) Yo`q. Men hayvonlarni yoqtirmayman.

B) Biror noodatiy hayvon bilan birga tushgan suratim bo`lsa, albatta profilimga joylashtiraman.

V) Ha.

 

9. Ijtimoiy tarmoqlar yo`q bo`lib qolsa, ko`proq nimadan afsuslanardingiz?

A) Virtual do`stlarimning telefon raqamini  yozib olmaganim, shu sabab odatdagidek muloqot qilish imkoniyati yo`qligidan.

V) Do`stlarim kundalik hayotidagi har bir qadami haqidagi ma`lumot cheklanishidan.

V) Kerakli ma`lumot va odamlarni topish uchun ko`proq vaqt sarflash kerakligi, yana taassurotlarim, biror mavzudagi dunyoqarashimni bayon eta oladigan auditoriyamni yo`qotganim uchun.

 

Test natijalari

Janob jiddiy

9dan 14gacha

Profilingizning benuqson ekanidan faxrlansangiz, arziydi. Uni, hatto ishga o`ta jiddiy munosabatda bo`lgan rahbaringizdan ham yashirmasangiz bo`ladi.

Vaqtni tejaysiz, mayda-chuyda narsalarga chalg`imaysiz. Siz e`lon qilayotgan ma`lumotlar birdaniga bir nechta talablarga javob beradi: dunyo miqyosidagi, oddiy bo`lmagan zamonaviy yangiliklar. Bu erda eng so`nggi urfdagi tufli, noodatiy taom va avtofotosuratlarni uchratish ehtimoli kam. Ammo do`stlaringizga siz berayotgan axborotni kuzatib borish qiziqmikan? Nisbatan ha. Ular ijtimoiy tarmoqdagi siz tomondan belgilanmagan qonunga itoat qilib, o`z fikrini e`lon qilishga shoshilmaydi. Faqat bir gap, do`stlaringiz bilan yaqinroq munosabatda bo`lay desangiz, jiddiylikdan salgina chetlashish ortiqchalik qilmaydi.

 

Shirinsuxan

15dan 21gacha

Profilingizga kirgan odamning kayfiyati ko`tariladi. Bu er shinam, quvnoq va qiziqarli. Do`stlaringiz ham aynan kayfiyatini ko`tarish uchun siz e`lon qilgan matnlarni o`qib borishadi.

Do`stlaringiz ko`p, ammo bu duch kelgan odam bilan tanishib, gaplashib ketaverasiz degani emas. Siz sinashta bo`lgan do`stlar bilan bemalol muloqotda bo`lasiz. Faqat sizni yaqindan tanimagan insonlar siz haqingizda engil fikrda bo`ladilar. Quvnoq, hazilkash, ochiq, hayotga engil nazar tashlaydi, deb o`ylashadi. Bu kabi qarashlar siz uzoq kutgan inson, yangi rahbar, yoki turmush o`rtoging`izda paydo bo`lmasligi kerak. Salgina jiddiylik va nazorat zarar qilmaydi.

 

Qiziqarli

22dan 27gacha

Profilingizning aytishicha, siz serqirra, hamisha qiziqarli vaziyatlar markazida bo`lgan insonsiz. Qisqasi, siz bilan zerikish qiyin.

«Mana bu suratda Malayziya, bunisida Dubay, unisida esa AQShda edim. Kecha ko`rgazma, bugun teatr, ertaga bayram kechasida bo`laman». Suratlaringizda chiroyli qad ko`targan bino, tabiat manzarasida baxtiyor kulib turibsiz. Buning kamchiligi, turmush o`rtog`ingiz voqealarga boy hayotingizga munosib ekanidan shubhalanib qolishi mumkin. Qolaversa, shaxsiy hayotini hadeb ommaga e`lon qilavergan inson bilan o`zini bemalol his etish qiyin. Sarguzashtlaringiz haqidagi ma`lumotni chegaralang. Bilib qo`ying, sizdagi sirlilik insonlarda ko`proq qiziqish uyg`otadi. 


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3770 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: facebook, Odnoklassnik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует QAYSI HARFGA NECHA BALLIGIN YOZMAPSILARU
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное