Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning ishonchli manbasi xabar bermoqda.
Aniqlashimizcha, qiziqchi Obid Asomov kecha, 10 dekabr kuni og‘ir yurak xurujini boshdan kechirib, poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tezkor choralar sabab Asomovning ahvoli yaxshilangan. Ayni damda bemorning holati qoniqarli deb baholanmoqda. Biroq u hamon Jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlariga muvofiq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov "Multiplikasion filmlar studiyasi" DUK direktorligiga tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Obid Asomov 1963 yilning 22 oktabr kuni Toshkentda tavallud topgan.