Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

OAV: Apple iPhone 5s’ning yaxshilangan versiyasini taqdim etadi

Apple kompaniyasi iPhone 5s’ning 4 dyuymli ekranga ega yaxshilangan versiyasini taqdim etmoqchi, deb yozmoqda The Verge KGI Securities kompaniyasi xodimi Min-Chi Kuoga asoslanib.
Min-Chi Kuoning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda 4 dyuymli Apple smartfonlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Shu sababli Apple uchun 5s versiyasining metall korpusga ega bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etish foydali bo‘ladi.
Uning ma’lum qilishicha, gadjet 2016 yilning birinchi yarim yilligida ommaga taqdim etiladi. U iPhone 6s va iPhone 6s Plus’da qo‘llanilgan chipga ega bo‘ladi.
So‘nggi bir necha yil ichida Min-Chi Kuoning bir nechta bashoratlari to‘g‘ri chiqqan. U Apple 4,7 va 5,5 dyuymli smartfon chiqarishi, Apple Watch soati paydo bo‘lishi, shuningdek, 12 dyuymli MacBook haqida ham oldindan bashorat qilgan edi. 


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3339 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iPhone 5S, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное