O‘zbekistonlik rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev Russian Chicago jurnaliga intervyu berdi. O‘z intervyusida u yaqinda katta ekranlarga chiqadigan “Angel of death” nomli birinchi loyihasi haqida gapirib bergan.
Kartinada o‘zbekistonlik va rossiyalik aktyorlar ishtirok etishi ma’lum qilingan. Bosh rolni aktyor Igor Savochkin ijro etadi. Film syujeti maxsus xizmat otryadi boshlig‘ining giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadigan guruhga qarshi kurashiga asoslanadi.
Suratga olish ishlari Los-Anjeles, San-Diego, Samarqand va Toshkent shaharlarida olib borilgan. Film byudjeti 3 mln dollarga teng.
Shuningdek, filmda bir qator Gollivud aktyorlari, jumladan, taniqli aktyor Armand Assante ishtirok etgani aytilmoqda.