Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

O‘zbekistonlik psixolog oilalarda janjallar nima sababdan yuz berayotganini aytdi

O‘zbekiston matbuotida oilaviy qadriyatlarni asrash masalalari hamda oilaviy muammolarga mutaxassislarning munosabati muhokama qilinishda davom etmoqda. Bu safar “Oila davrasida” muxbiri psixolog Muhabbat To‘laganovaga murojaat qilib, ayrim oilalarda yuzaga kelayotgan keskinlik, farzandlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan janjallarning sababi bilan qiziqib ko‘rdi.
“Shikoyat bilan kelayotgan oilalarning ko‘pchiligida erkak va ayolning huquq-majburiyatlaridagi tafovut muammolarni paydo qiladi, - tushuntirdi ekspert. – Ba’zi otalar onadan kam daromad topishi, ayrimlari oila boshlig‘i bo‘lishga ruhiy-ma’naviy taraflama layoqatsizligi tufayli janjallar yuz bermoqda. Bunday oilalarda, odatda, arava har tarafga tortilmoqda, oqibatda esa butun boshli oila sarson-sargardon. Ayrim ayollar ham oilada o‘z o‘rnini bilmasligi, «hokimiyat» talashishi oilaviy janjallarga zamin bo‘lmoqda”.
“Otaning mavqei past oila oxir-oqibat parokandalikka yuz tutadi. Bu farzandlar tarbiyasiga, ruhiy kechinmalariga salbiy ta’sir etadi. Garchi oilada er-xotin qonun oldida teng, ro‘zg‘or tutish va farzand tarbiyasida hamkoru hamjihat bo‘lsa-da, o‘zbek oilasida asosiy yukni yelkaga olish va yakuniy so‘zni aytish, odatda, er zimmasida”, - qo‘shimcha qildi mutaxassis.


Manba:kun.uz
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 7067 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: nima sababdan yuz berayotganini ayt, oilalarda, psixolog, janjallar, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
samiya Хакикатттт
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное