Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘zbekistonda yil boshidan beri nechta zilzila sezildi?

Afg‘oniston hududida joylashgan Hindikush tog‘larida 26-oktabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 14:09 da 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchiHindiston poytaxtidan tortib, Rossiyaning Novosibirsk shahriga qadar sezilgani haqida xabarlar berilmoqda.
“Toshkent” markaziy seysmik stansiyasi axborotiga ko‘ra, zilzila kuchi Afg‘onistonga nisbatan yaqin Termiz shahrida 5,5 magnitudani tashkil etgan, Farg‘ona vodiysida 3—4, Toshkent va Samarqand shaharlarida esa 5 magnitudaga teng bo‘lgan.
Qo‘shni mamlakatlarda yuz bergan yerosti silkinishlari O‘zbekistonda tez-tez sezilib turadi, biroq 26-oktabrdagi zilzila 2015-yilgi shunday ofatlar orasida o‘zining nisbatan kuchliligi va davomiyligi bilan ham ayniqsa vahimali bo‘ldi — odamlar uy va idoralarini tashlab ko‘chaga chiqdi, uzoqdagi yaqinlaridan xavotir olgan fuqarolarning tinimsiz qo‘ng‘iroqlari mobil aloqa sifatiga ta’sir ko‘rsatdi.
2015-yil ancha sokin boshlandi. “Toshkent” markaziy seymsik stansiyasi faqat bir marta — Qirg‘izistonda 21-yanvar kuni sezilgan zilzila markazi O‘zbekistonda bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etib chiqqandi, xolos. Keyingi to‘qqiz oy davomida esa O‘zbekistonda kamida oltita yer silkinishi sezildi.
2015-yil, bahor
Nafaqat O‘zbekiston OAVlari, balki aksariyat aholi his qilgan yilning birinchi zilzilasi13-mart kuni Toshkent viloyati hududida yuz berdi. Markazi Olmaliq shahri yaqinida bo‘lgan yerosti silkinishlari kuchi 3 ballga teng bo‘lgani ma’lum qilingandi. 20-may kuni, tong soat 8:33 da Tojikistonda yuz bergan 5,5 magnitudali yer silkinishining kuchi O‘zbekistongacha yetib keldi.
2015-yil, yoz
30-iyunga o‘tar kechasi Toshkentda 2 magnitudali zilzila qayd etildi — yer silkinishi markazi, Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida uning magnitudasi 5,5 ga teng bo‘lgan. 10-avgust kuni Afg‘onistondagi 6 magnitudali yer qimirlashi Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqandga 2, Shohimardonga 3, Termizga 3—3,5 magnituda bilan yetib bordi.
2015-yil, kuz
23-sentabr kuni Qirg‘izistonda, Toshkentdan 350 kilometr uzoqlikda 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning kuchi Namanganda 2, Farg‘onada 3, Andijonda 2,5 ballni tashkil etdi. 26-oktabrda yuz bergan yer qimirlashi yuqoridagi hisobotni tayyorlash uchun asos bo‘ldi.
Qayd etish joiz, o‘zbek olimlari yaqin yillarda O‘zbekistonda kuchli zilzilalar yuz berishi kutilmayotgani haqida yil davomida kamida ikki marta bayonot berdi. “O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti mutaxassislari tomonidan yer qa’rining holati yil bo‘yi monitoring qilinib turibdi, u 20 ta turli parametrlar bo‘yicha olib boriladi. Ayni paytda seysmik faollik kuchayganidan dalolat beruvchi alomatlar kuzatilmayapti”, — degandi institut direktori o‘rinbosari Ahmadjon To‘ychiyev.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4547 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yil boshi, beri nechta, zilzila sezildi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Nishon0891 Yacshi habar B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное