O‘zbekistonda san’atkorlarning xarajatlari qancha?
“Darakchi” gazetasining o‘tgan sonida qo‘shiqchi va boshlovchilarning to‘y xizmatlari haqida ma’lumotlar chop etilgan edi. Navbatdagi sonda esa nashr jurnalistlari bu san’atkorlarning xarajatlarini tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi.
“Uzunquloq gaplarga qaraganda, 1 qo‘shiqni 1 oy “aylantirish”ga 5 000dan 10 000 shartli birlik mablag‘ talab qilinar ekan. Hisoblab chiqadigan bo‘lsak, bir yilda aql bovar qilmas darajadagi xarajat kelib chiqadi”, - deyiladi materialda.
Ahad Qayumning ta’kidlashicha, kelishuv asosida bitta she’r narxi 50-100 dollardan narxlanadi.
“Ayrim paytlarda san’atkorlar “1 oy davomida faqat men bilan ijod qilasiz”, deb 500 dollargacha to‘lashadi”, - tushuntirdi u.
“Tarona rekords” studiyasi art-direktori Davron Muqimovga qilingan murojaat javobsiz qolib, u aniq summani aytishni lozim deb topmagan, lekin bitta qo‘shiq yaratilishida juda katta mablag‘ sarflanishini ta’kidlagan.
Bastakor va xonanda Sarvarning ta’kidlashicha, musiqaga sayqal berishga (aranjirovka) 600 mingdan 3 mln gacha mablag‘ sarflanishini ta’kidladi.
“Qo‘shiq she’ri 500-600 ming so‘mni tashkil qiladi”, - qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, studiyada xonandaning ovozi bilan musiqani uyg‘unlashtirish 500 mingdan 1 mln gacha, klip suratga olish uchu esa kamida 10 mln so‘m sarflanishi ma’lum bo‘ldi.
Bitta qo‘shiq mashhur bo‘lishida eng asosiy va eng qimmat xarajat promo qilishga sarflanadi. Radioda bitta qo‘shiqning aylanishi radiostansiya reytingiga qarab 50 mingdan 200 ming so‘mgacha boradi. Bu qo‘shiqning bir marta yangrashi uchun ketadigan xarajat.
Radioda qo‘shiqni bir marta aylantirish, shu tariqa, 5-20 yevroni tashkil qiladi. TVda esa xonanda yanada qimmatroqqa tushadi. Jumladan, “Mening yurtim” telekanali orqali qo‘shiqni bir marta aylantirish narxi kunduzgi efir soatlarida 60 dollarni, kechki efirda esa 120 dollarni tashkil qiladi.
Klip tushurish qo‘shiqning eng katta xarajatlaridan biridir. Bu borada hech qanday aniq narx bo‘lmay, hammasi, klipmeyker Narimon Sultonxo‘jaevning so‘zlariga qaraganda, klipning mazmuni va g‘oyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, quyidagicha manzara hosil bo‘lmoqda:
She’r: 50 sh.b. (shartli birlik);
Musiqa va aranjirovka: 300;
Klip: 2000;
Radio promo 1 oyda 2 martadan: 500;
TV promo 15 marta har kuni 2 martadan: 5000;
Jami: 7850.
Xonanda muxlislariga bitta qo‘shiqni yetkazish uchun mana shuncha pul sarflaydi.
Xa kliplar kamayb mp3lar kopayb borayapti 1ta klip 1000, 1500 dollir sanatkorladan kop klipmekirla kop pul topvotti, aranjirofka i svidenyaga kese xozir xamma xonandani shaxsiy studiasi bor sherniku xozr yoshbolayam yozolidi klipmekirla xaddidan oshib ketdi!!!