O‘zbekistonda keyingi haftada havo harorati yana ko‘tarilishi kutilmoqda
Keyingi hafta o‘rtalarida O‘zbekistonga yana issiq ob-havo qaytishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16—17-avgust kunlari butun mamlakat bo‘ylab havo harorati 31—37 daraja orasida bo‘lsa, 18—19-avgust kunlari 35—40 daraja issiq bo‘ladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba’zi hududlarida 41—43° gacha bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda harorat 16—17-avgustda kechasi 10—15°, kunduzi 20—25°, 18—19-avgustda kechasi 12—17°, kunduzi 24—29° bo‘ladi.