23-oktabrdan O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 23—25-oktabr kunlari havo harorati kechasi 0…+2 darajagacha (ba’zi hududlarda -2 darajagacha), kunduzi +8…+10 darajagacha pasayadi. Bu haqda “Gazeta.uz” Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Mamlakatning shimoliy hududlarida havo harorati ko‘rsatilgan vaqt davomida kechasi -5…-7 daraja, kunduzi esa +5…+7 darajagacha soviydi.
22-oktabr kuni O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 23—25-oktabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ushbu davrda respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.