O‘zbekistonda keng miqyosli xususiylashtirish amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston rahbariyati iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida zararli va samarasiz davlat korxonalarini xususiylashtirishga katta turtki bermoqda. Jarayon joriy yilning yanvar oyida boshlandi, aynan o‘shanda mamlakat rahbariyati davlat boshqaruvi kamchiliklarini tanqid ostiga oldi. Yangi qonunlar aprelda kuchga kirdi. Ular xususiylashtirish va investisiyalar kiritishni bir qadar yengillashtirdi.
Bugungi kunga qadar 55ta davlat korxonalari sotildi.
“Yil boshidan buyon g‘azna davlat mulkining sotilishidan 11 mln dollar yoki 28.3 mlrd so‘m foyda oldi”, – deydi moliya vazirligining rasmiy vakili Saidazim G‘ulomov.
Shuningdek, mingta yangi ish o‘rni yaratildi.
2015-2016 yilgi xususiylashtirish dasturi aprelda tasdiqlandi.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili Baxtiyor Hamroyev bergan ma’lumotlarga qaraganda, yana 660ta davlat korxonasida ochiq kim oshdi savdolarida sotuvga qo‘yiladi. Bu boradagi dastlabki qadam 400ta davlat korxonasining xususiylashtirilishi bo‘ldi.
Mana bu yanglik dsa boladi. Ammo bita muamo paydo bolwi mumkun keyn mulkni faqat uzb fuqarosigina oliwga haqli b6liw kerak bumasam kelajakda ozmizga qyn boladi