Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov O‘zbekistonda karantin davri qachon tugashi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi: «Karantin kasallikning yashirin davri uchun belgilangan muddat hisoblanadi. Shuning uchun karantin davrini tugatish masalasi eng oxirgi aniqlangan bemor ham shifoxonaga yotqizilib, alohidalangandan 14 kun o‘tgandan so‘ng boshqa hech kimda kasallik aniqlanmaganiga to‘liq ishonch hosil qilingandan so‘ng ko‘rib chiqiladi. Karantin davrini tugatish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi».