O‘zbekistonda 28-iyundan karantin cheklovlari kuchaytiriladi
O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligi inobatga olinib, Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi.
2021-yilning 28-iyunidan
12-iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi;
xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;
Respublika bo‘ylab ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;
ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig‘imining 50 foizidan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilandi.
Mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. 24-iyun kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 476 ta yangi holat ro‘yxatga olilib, kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha 2021-yilgi yangi antirekordni o‘rnatdi. 23-iyunda 442 kishida 22-iyunda 419 kishida, 21-iyunda 395 kishida, 20-iyunda 427 kishida, 19-iyunda 415 kishida koronavirus tasdiqlanga