Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda jamoat joylarida chekish uchun jazo choralari kuchaytiriladi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mita Toshkent Davlat yuridik universiteti olimlari bilan hamkorlikda yangi qonun loyihasini muhokamadan o‘tkazdi. Qonun loyihasiga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishni cheklash to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutadi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishni nazorat qiluvchi qonunchilik tahlili Ma’muriy javobgarlik Kodeksining ayrim me’yorlarini qattiqlashtirish talab etilishini ko‘rsatdi. Shu bois hukumat tomonidan kodeksiga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlandi.
anons.uz resursining ma’lumot berishicha, kodeksda jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish uchun jarima sanksiyalari ko‘zda tutilgan. Ammo amaliyotda bu me’yorlarni qo‘llash ko‘plab qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqqan holda, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol yoki targ‘ib qilish uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish mo‘ljallanmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4436 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, chekish, jamoat joylari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное