Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada ish bilan ta’minlanadi


Kecha, 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi binosida Agentlik va Turkiyaning “Tayga group” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Turkiya Respublikasida ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida Kelishuv imzolandi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Kelishuvni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimov va “Tayga group” kompaniyasining vakolatli vakili Mahmud Yovuz Qalqon imzoladilar.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimovning ta’kidlashicha, Agentlik shu paytgacha tashkiliy ishga yollash sohasida Rossiya, Koreya, Yaponiya va Polsha bilan hamkorlik qilar edi. Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, Germaniya, Qozog‘iston va Ummon sultonligi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bugun Turkiya bilan ham tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida, “Tayga group” 2006 yildan buyon Turkiyaning Antaliya, Istanbul, Izmir, Mug‘la, Dengizli va G‘oziantep shaharlarida mehmonxona biznesi sohasida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mazkur kompaniya xorijliklarga ishlash uchun ruxsatnoma va vaqtincha turar-joyni rasmiylashtirishda ko‘maklashish hamda xorijdan kelgan talabalarga malaka oshirish bilan bog‘liq masalalarda yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

“Tayga group” kompaniyasi vakili Mahmud Yovuz Qalqon ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyadagi mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga katta ehtiyoj bor.

Kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi ish beruvchilar rus va ingliz tillarini biladigan xodimlarni talab qilishadi.

Sayyohlik sohasi mavsumiy bo‘lganligi uchun xodimlar bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi imzolanadi.

Yaqin kunlar ichida Turkiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi.

Ikrom Rahmon



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5250 | Рейтинг: 0| Рейтинг: TURKIYA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное