"Turknigoh” 24 mamlakatdan saralangan qo`shiqchilarga
Turkiyaning Eskishahar shahrida mezbonlik qildi. Yarim finalga 12 ta davlatlar
orasida 4-o`rin qozongan Nilyufar Usmonova mamlakatimiz faxri bo`lishiga
shubha qoldirmadi. Finalda 11-o`rin egasi bo`lishga muvaffaq bo`lgan
xonandamizni 1-o`rin bo`lmasa-da baribir qutlaymiz. Axir yirik tanlovda jonli
ijroda o`z san`atini ko`rsata olgani ham bir g`alaba-ku!? "Turknigoh”
ishtirokchilari Istanbulda, Surmeli Hotelda jamlanishgani haqida
xabar topdik. Ishtirokchilar sharafiga uyushtirilgan bazmdan so`ng ular
birin-ketin mehmonxonaga qaytishdi. Ulardan eng birinchi bo`lib, "Turknigoh”
birinchi o`rin sohibi - Ozorbayjon vakili Farid Hasanovni suhbatga tortdik.
-Avvalo ishtirokingiz va birinchi o`rin sohibi bo`lganingiz
bilan tabriklayman.
- Assalomu aleykum. Katta rahmat!
- Taassurotlar qanday?
- Juda hayajondaman va hursandman. Vatanimning 1-o`rin
egallashiga hissamni qoshganimdan baxtiyorman.
-Biz O'zbekiston vakili Nilufar Usmonova bilan suhbat qilgani
kelganmiz. U haqida fikringiz?
-Nilufar juda ochiqko`ngil, quvnoq qiz ekan. Shu xislatlari
menga juda yoqdi va do`st bo`ldik. Aslida men o`zbek san`atini juda
hurmat qilaman. O`zbekistondan Yulduz Usmonova va Nasiba Abdullaevaning
qo`shiqlarini sevib tinglayman. Xalqimiz ularni juda hurmat qiladi.
Shu orada Nilufar tashrif buyurgani uchun Farid bilan
suhbatimizni yakunlashga to`g`ri keldi.
Faridga ijodiy parvoz tilab qolamiz.
(Kichik Usmonovaga Jasur Hamroyev tomonidan yo`llangan
savollarni berdik)
-Нилуфар, аввало, жонли куйлаб, ҳеч кимдан кам эмаслигингиз
билан табриклайман. Ростини айтинг, ҳаяжонландингизми?
-Juda hayajonlandım. Bırınchı kelgan kunımızdan boshlab
repetısıya jarayonları bo`lıb o`tdı. Bu yarim finaldan oldin bo`layotgan voqea.
Hali oldimizda yarim final va final bor edi. Har bir repetisiyada bir
qo`shiqni jami 8 marotaba jonli ijro etdim. Shu sababli ovozimga katta
ta`siri bo`ldi. Ochig`ini aytsam, biz to`ylarda o`rganib qolganmiz:
fonagrammadan foydalanishni, har doim ham jonli aytolmaymiz. Ko`p
joylarda apparatura jonli ijroga moslashtirilmagan. Shu sababli ovozim
o`rganmagan jonli ijroda kuylashga va shu tajribasizlik oxirida o`z belgisini
bildirdi. Ilk marta dunyo miqyosidagi konkursda ishtirok etayotganim va 300
million odam tomosha qilayotganini bilib, sahnaga chiqish ishoning, katta
hayajon uyg`otdi.
-Катта сахна. Рақобатчилар. Нималарни ҳис қилдингиз?
-Yuqorida ta`kidlab o`tganimdek, Eskishaharga tashrif
buyurgan kundan boshlab uxlamasdan tayyorgarliklar qildik. Sahnani birinchi
ko`rganimda to`g`risi, lol qoldim. U qadar salobatli, katta sahna va chet elda
bunaqa proektda ilk sahnada qo`shiq kuylashim edi. Raqobatni his
qilishdan ko`ra O`zbekiston vakili sifatida menga yuklatilgan ishonchni oqlash
hissi yuksak bo`ldi.
-"Туркнигоҳ” қай даражада ҳаққоний ўтди деб ҳисоблайсиз?
-Avvalo, " Turknigoh”ga katta rahmat. 24 davlatni bir joyga
yig`ib, bizni, ya`ni san`atkorlarni yuksak saviyada, e`tibor bilan shu kungacha
hurmatimizni joyiga qo`yib kelmoqdalar. Kontrakt bo`yicha qo`yilgan hamma
talablardan ziyoda qilib, o`ziga yuklatilgan vazifalarini amalga oshirishdi. Albatta
"Turknigoh”ga, TMBga minnatdorchilik bildirib, Ozorbayjon vakili
1-o`rin qozongani bilan tabriklayman. Men qozongan
11-o'rinimi yoki 12-o'rinmi qaysi o`rin berilishi muhim emasdi. Muhimi,
300 million kuzatgan halq kim qay darajada ijro etganligiga baho
beradi degan tushunchada edim. Men uchun katta dars bo`ldi. U erga tashrif
buyurgan o`zbek talabalarimizga, elchixona vakillariga va muhlislarimga, meni
qo`llab-quvvatlagan do`stlarimga, o`z hurmat va ehtiromimni bildirib
qolaman. Men uchun asosiysi, ishtirok etish edi. O`zbekiston bayrog`ini shu
sahnada ollib kelib hilpiratishni ilk kunlardan orzu qilgandim va bu oruzuimga
"Turknigoh” soyasida erishganimdan minnatdorman.
-Дўстлар орттирдингизми?
-Ha, albatta, hamma ishtirokchilar bilan do`st tutundik. Ammo
oralarida Bosniyadan kelgan bolalar bilan juda yaqin munosabatda bo`ldik. Hayotda
juda hazilkashman, quvnoqman, hech ham xafa bo`lib yurishni xohlamayman. Shu
taraflama Bosnyadan kelgan do`stlarim bilan juda bir-birimizni yaxshi
tushundik. Makedoniya bilan do`stlashdik. To`g`ri, orada yulduzlik kasalaiga
uchraganlar ham bor edi, lekin shaxsan men bu narsalarni tushunmayman,
chunki, baribir o`zbek qonimiz bor. Manmanlikni yoqtirmaydigan, insoniylikni
birinchi o`ringa qo`yadigan halqmizning farzandlarimiz . Hammaga samimiy
munosabatda bo`ldim. Juda hazilkash, oqko`ngil do`stlar orttirdim. Shov-shuv.uz
uchun uchun eksklyuziv interv`yu bergan, do`stlarim safiga kirgan "Turknigoh-
2013”
g`olibi Farid Hasanov bilan yaqin kunlarda duet ijro etib va klip olishni
rejalashtirdik.
-Эскишахар нималар билан сизни ҳайратга солди?
-Eskishahar afsonaviy tarixiy shahar ekan. Arxitekturasi
umuman boshqacha: past uylar... Yangi qurilayotgan binolar ham mana shu
tarixiy elementlardan olingan. Shunisi bilan menda katta taassurot uyg`otdi . Anado`lu
universiteti hayratga soldi, 2 miliondan ortiq talaba tehsil olarkan. Eskishahar
halqining ko`pi talabalardan iborat bo`lganligi uchun, kafelariga
kirsangiz ham talabalarga moslashtirilgan, ruhiyati yoshlarniki va bir so`z
bilan aytganda, quvnoq shahar ekan.
-Кўпчилик Нилуфар қўшиқни нотўғри танлаган. Унинг кўпқўшиқлари оммалашганди.
Шулардан бирини куйлаганда сўссиз,биринчи ўринни оларди дейишди...
-Baribir birinchi o`rinni ololmasdim. Chunki, birinchi
kundan ovozim ketib qolgandi. Konkursga kelishdan oldin shartnoma bor edi. Bu
shartnomada korsatilishi bo`yicha hali umuman prem`yera bo`lmagan 3 yoki 4 ta
qo`shiqni oldindan yuborishimiz kerak edi. Bular tanlagani esa shu
qo`shiq bo`ldi. Sahnada katta hayajon ham bo`ldi, ammo joyi kelganda aytib
o`tay, shu sahnada hayajonlangan daqiqalarimda, agar e`tibor berib kuzatgan
bo`lsangiz, faqat bizni bayroqni ushlab turgan vatandoshlarimizga qarab
kuyladim , chunki manas hu bayroq ko`targan vatandoshlarimiz ruhiyatimni
ko`tarib turdi, ular tarafdan kelgan vatanparvarlik hissi meni qo`llab turdi. Hammaga
o`z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
-Онангизнинг бирон қўшиғини куйлашингиз мумкин эди. "Live
Show”да " Туюқ”ларни куйлаб, ҳаммани лол қолдиргандингиз...
-Albatta onamning qo`shig`ini kim xohlamaydi kuylashni,
lekin agar ayamning qo`shig`ini kuylaganimda butun Turkiya oyoqqa turib
ketardi. Onasini kuyini kuylayapti , onasining hurmati ila shuhrat
qozonmoqchi degan fikir uyg`onishini istamadik. Yuqorida ta`kidlab
o`tganimdek shartnomaga muvofiq ish tutdik.
-Янги альбомингиз сотувга чиқди. Шу ҳақида гапиринг...
-Yangi albomga qo`shiqlarim ko`payib ketganligi uchun
3-4 dona yangi qo`shiqlarimni qo'yib sotuvga chiqartirdik. Albom qanchalik
omadli bo`lganini muxlislar baholashadi. Bahor oylariga yangi albom
taqdimot qilishni rejalashtirmoqdaman.
-Сўнгги пайтда ўзингиз ҳақингиздаги қайси танқидни ҳазм қила
олмадингиз?
-Menga oxirga kunlarda juda ko`p tanqidlar yog`ilmoqda. Ambisiyasi
bo`lgan kishining tanqidiga ham qaramayman, maqtoviga ham qaramayman. Tanqidni
to`g`ri qabul qilaman agar, tugri tanqid qilingan bo`lsa. To`gri, tanqidni
yahshi ko`raman deya olmayman, shu faqat o`rinsiz bo`lsa etiborga olmaslikga
harakat qilaman. Hammaga, ayniqsa, tanilgan insonlar ustidan kimgadir "show”
kerak bo`ladi, shu sababli hazm qilishga harakat qilaman.
-Туркияда тез-тез бўлиб турасиз. Истанбул нимаси билан сизни
мафтун этган?
-Alhamdulillloh musulmonman. Bu yerda masjidlarning
ko`pligi, Istanbul ozgacha bir shaharligi, bu erdagi tarixiy maslkanlar
va baliq yahshi ko`rganligim uchun baliq restoranlari, baliq do`konlari
ko`pligi juda qiziqarli!
-Бир миш-мишга нуқта қўйсангиз. Даврон Муқимов ("Тарона
рекордс” директори) ҳақиқатан сизнинг навбатдаги турмушўртоғингизми?
-Bu savolni har doim chetlab o`tganman. Chunki hammaning o`z
shaxsiy hayoti bor. Davron bılan "Tarona”ga ılk kelgan kunlarımdan dushmandan
battar edık, hattokı, "qo'l-qo'l” bılan urushgan paytımız ham bo`lgan. Mana
yıllar o`tıb halı ham bırgalıkdamız. "Tarona”da hammamız do`st, bır
oiladekmız. Va bu savolnı yopıq qoldıraman.
-Фарзандларингиз ўз оталари билан тез-тез учрашиб турадими?
-Ota buyuk zotdir. Albatta, farzandlarim har doim otalari
bilandir. To`ngich o`glim otasi - sobiq turmush o`rtog`im bilan sevishib,
birgalikda qancha qiyinchiliklardan o`tib, turmush qurgandik. Osmondan kelgan
ilohiy sevgi bo`lgan bizda. Bu hayotda nimalar bo`lmaydi deysiz, hammaning
shaxsiy hayoti mavjuddir. Nima bo`lib o`tganidan qat`iy nazar, men turmush
o`rtogimni sevib turmush qurganman. Hozir unga nisbatan hech bir tuy`um
qolmagan. Aslida men juda minnatdorman undan : sevgimiz, turmush
hayotimiz yakunlanganiga qadar menga go`zal munosabatda bo`ldi. Hayot shunaqa
sinovlar bilan mazmunlidir. Baxtli hayot tilayman unga. Birinchi farzandim
otasidan yahshi fazilatlarni olgan. Ukalariga namunali akadir.
To`ng`ichim ulg`aygach, otasi bilan nega ajrashganimni tushuntiraman. Mehribon
onamni menga bergan tarbiyasidan minnatdorman. 50 bahorni qarshi oldilar.
Umrlari uzoq bo`lsin. Onamni bizga qilgan mehnatlarini qancha qaytarsak ham oz.
Farzandlarimning sevimli ayasi. Sizni, farzandlarimini juda sog`indim, onajon!
-Shov-shuv.uz 2014 йилда 10 йиллигини нишонлайди! Сиз
шу сайтни биринчи тан олган мухлисларидан бирисиз. (Ҳар ҳолда Жасур Ҳамроев
шундай ҳисоблайди.) Сайт ҳақида фикрларингиз?
-Avvalo, 10 yilligi bilan tabriklayman. Jasur Hamroev bilan
bollalikdan bir-birimizni taniymiz. Jurnalistlik qobiliyati juda kuchli, qalami
o`tkir inson. Hurmatim baland. Hali internet tarmog`i O`zbekistonda
rivojlanmagan paytda shov-shuv.uz, o`z yangiliklari bilan san`at ahlini lol
qoldirardi. Negadir ijodiy hamkorligimizni faqat yordamchisi orqali amalga
oshiradilar, agar oramizda qandaydir tushunmovchilik bo`lgan bo`lsa buni
to`g`ri qabul kilish kerak.
-Қачон яккахон концерт берасиз? Ахир, чипта харид қилиб,
концертингизга борадиган мухлисларингиз бугун етарли...
-Bilasizmi, 2014 yil fevral oylarida yakkaxon konsert
taqdim etish rejamizda bor edi. Afsuski, konsertimizga tayyorgarlik ko`rish
uchun vaqt ajrata olmaganligim tufayli yana 2014-yilning o`rtalariga surildi. Sababi
ketma-ket festival va konkruslardan taklif tushayotganidir. Yakkaxon ilk
konsertimni jonli ijroda o`tkazish niyatim bor. Shu sababli ham konsertdan 3 oy
oldin tayyorgarlik boshlamog`im lozim. Tez kunlarda muxlislar bilan yakkaxon
konsertda kurishamiz degan umiddaman.
-Кўпроқ кимни тинглайсиз: Райҳон, Лола ё Шаҳзода? Балки,ўзингизни?
-Avvalambor yangi qo`shiq yaratshim bilan o`zimni
tinglayman. Qayerda kamchiligi bo`lsa tuzatishga harakat qilish uchun. Shahzoda
yaqin sirdoshim, Lola do`stim, Rayhon yaqinim. Har birlarining
qo`shiqlarini sevib tinglayman.
-Муаммоларни қандай ҳал қиласиз? Дардни қандай енгасиз?
-Hayotda optimist bo`lganim uchun doimmuammoni kulgu,
tabassum bilan hal qilishga harakat qilaman. Dardni esa faqat ichimga yutib,
hech kimga ko`rsatmaslikka harakat qilaman. Chunki, qayg`um
boshqalarning dardiga dard bo`lishni xohlamayman.
-Ochiq suhbat uchun tashakkur. Endi dam oling. Sizga oq yo`l
tilaymiz!
-Sizga ham omad va ijodiy parvozlar tilayman.
Sirojiddin Takhirov
Istanbuldan maxsus