Turkiyaning Eskishehir shahrida Turkvision-2013 Xalqaro
qo‘shiq tanlovi bo‘lib o‘tishi, unda Nilufar Usmonova O‘zbekiston sharafini
himoya qilishi haqida avvalxabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz tanlovning final bosqichiga
yo‘llanma oldi. Bu haqda "Gazeta” nashri xabar berdi.
Turkvision 2013 finaliga Qozog‘iston, Turkiya, Belorussiya,
Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Tatariston, Shimoliy Kipr, Qirg‘iziston,
Oltoy, Ukraina va Kosova vakillari ham chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Final 21-dekabr kuni o‘tkaziladi.
Tanlovda qo‘shiqlar har bir mamlakatning davlat tilida ijro
etiladi. Bundan tashqari, yosh bo‘yicha chegara ham bo‘lib, ishtirokchi 18
yoshdan oshgan bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Nilufar Usmonova Turkvision’da "Unutgin”
deb nomlangan yangi taronasi bilan qatnashmoqda.