Xonanda Nilufar Usmonova "Ana-ana” nomli yangi qo‘shiq kuyladi. Bobur
Umarov so‘zi, Jasur Abdurahmonov musiqasi bilan kuylangan ushbu qo‘shiqqa tez kunlarda
klip ham suratga olish rejalashtirilgan.
Sho‘x va raqsbop qo‘shiqning klipi syujet yo‘nalishida bo‘lib,
unda xonanda besh xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xonanda yangi yilda
yangi duet ham taqdim etish niyatida ekan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nilufarning navbatdagi
duetdoshi nafaqat o‘zbek estradasida, balki dunyoning ko‘plab davlatlarida mashhur
bo‘lgan xonanda ekan. Usmonova duetdoshining ismini hozircha sir tutishni maq’ul
ko‘rdi. Taxminimizcha, bu turk estradasi yulduzi bo‘lishi mumkin. Chunki, keyingi
paytlarda Nilufar turk qo‘shiqlariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda, qolaversa onasi,
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham Turkiya ijod qiladi va turk estradasi
vakillari bilan yaqin aloqada. Shunday ekan, xonanda Nilufarning ham ulardan biri
bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgani haqiqatga yaqin. Yana kim biladi, deysiz...