Nigina Anorboyeva o‘zidan 11 yosh katta yigitga turmushga chiqdi
Umidjon va Nigina Anorboyevaning visol oqshomi poytaxtdagi “Farovon” restoranida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Nigina Anorboyeva turmushga chiqdi. Umidjon va Niginaning visol oqshomlari poytaxtdagi “Farovon” restoranida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq artistlari Rixsi Ibrohimova, Turg‘un Azizov, Muqaddas Xoliqova, Malika Ibrohimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Farhod Abdullaev, Nodira Maxmudova, Shodiya To‘xtayeva, aktyorlar Adiz Rajabov, Jamila G‘ofurovalar ishtirok etishdi.
O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida qo‘yilgan “Yig‘lama qiz”, “O‘zbekcha raqs” kabi spektakllar, kinofilmlar va kliplardagi bir qator rollari bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktrisaning turmush o‘rtog‘i neft va gaz sohasida faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga qaraganda, kuyov Niginadan 11 yosh katta. Aktrisa esa to‘ydan keyingi ijodiy faoliyatingizni davom ettirasizmi, degan savollarga ha – deb javob bergan. Sayt jamoasi nomidan Umidjon va Niginaga oilaviy baxt va salomatlik tilaymiz!