O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisa Nigina Anorboyeva 15-noyabr kuni turmushga chiqdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Umidjon va Niginaga baxt tilaymiz”, — deyiladi “Sug‘diyona” gazetasidagi xabarda.
“Darakchi” gazetasida mazkur to‘yga muxlislardan birining munosabati ham keltirilgan. Unda, jumladan, shunday deyiladi: “Sevgi yoshda emas, hurmat qilsa bo‘ldi. Bugun to‘yi bo‘lib, ertaga ajrashib ketayotganlar ko‘p — “yosh uylanibman”, “yosh tegibman”, deb bahona qilishadi. Aksincha, yoshi katta inson ko‘pni ko‘rgan, hayot qiyinchiliklarini tushungan bo‘ladi. Baxtli qilsa, shuni o‘zi katta gap”.