15 avgust kuni Rossiyalik xonanda Nyusha turmushga chiqdi. To‘y marosimi Maldivda o‘tkazildi. Xonanda to‘yini keng ommaga e’lon qilishni istamaganligi sabab to‘y tor doirada o‘tkazildi.
Aslida juftlik iyul oyi o‘rtasida Qozon shahrida nikohdan o‘tishgan edi. Marosimni esa orolda o‘tkazishga qaror qildilar.
Nyusha hamda Igor Sivovning to‘y marosimi 3 kun davom etdi. Har bir to‘y 3 xil restoranda o‘tkazildi. Yapon restoranida tashkil etilgan to‘y oldi marosimi vaqtida juftlik oppoq kiyim kiydi. Keyingi kunida sohilda juftlikning do‘stlari bilan kichik bayram tashkil etildi.
Internet orqali marosimlardan olingan videolar tarqalib ulgurdi. Ammo Nyusha hamda uning menejerlari to‘y haqida ma’lumot berishni istamayaptilar.