Taniqli xonanda Saida (Svetlana Saydiyev) turmushga chiqdi. Xonandaning to‘y oqshomi 11 noyabr kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tgani xabar qilinmoqda.
Vildar va Saidaning to‘ylarida o‘zbek shou-biznesining taniqli yulduzlari ishtirok etgan.
Xonanda bugungi davr tinglochilariga “Tirnama”, “Chittigul” qo‘shiqlari bilan tanish bo‘lsada o‘z ijodni ancha avval boshlagan.
2004 yilga qadar uning ijodiy faoliyati “A’lo” guruhi bilan bog‘langan edi. 13 yildan buyon yakkaxon tarzda ijod qilayotgan Saida bugungacha Rossiyaning “Golos” teleloyihasida ishtirok etib, tilga tushgan edi. Xonanda so‘nggi bor Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Ipak yo‘li” musiqa tanlovida ishtirok etgan edi.