Xonandalar kinoni ishg‘ol etishda davom etishyapti
“Yolg‘on dunyo” nomli yangi film fevral oyining o‘rtalarida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda.
Ravshan Usmonovning loyihasi asosida suratga olingan mazkur filmda Tesha Mo‘minov, Botir Muhammadjonov, Mirza Azizov, Hojiakbar Komilov singari elimiz ardog‘idagi aktyorlar bilan bir qatorda yosh iste’dodli aktrisa Saida Saidbekova suratga tushgan. Saida Saidbekova xonanda Otabek Mutalxo‘jaev, hamda Kaniza bilan partnyor bo‘lib, bosh rollardan birini ijro etadi. Suratga olish ishlari Toshkent shahri va Bekobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Taniqli aktyorlar va xonandalar rol ijro etgan filmga bahoni premeradan so‘ng beramiz...