O‘zbek xonandalari qo‘shiq o‘g‘irlashdan uyalishmayapti
Qo‘shiq o‘g‘irlash qancha tanqid qilinmasin, ushbu salbiy odat bilan bog‘liq holat deyarli o‘zgarayotgani yo‘q: o‘zbek shou-biznesida xorijiy ijrochilarning kuy-qo‘shiqlarini o‘g‘irlash holatlari ko‘paygandan ko‘paymoqda, deya xabar bermoqda12news.uz.
“Darakchi” gazetasining yozishicha, so‘nggi vaqtlarda tanilib borayotgan xonanda Bahrom Nazarov armanistonlik xonanda ayol Silva Xokabyanning “Noraxarsik”ning qo‘shig‘ini o‘zlashtirib, “Pari-pari” nomi bilan kuylab chiqqan.
Diyor Mahkamov va Aziza Nizomova tomonidan ijro etilgan “Sevgimiz” qo‘shig‘i esa turkiyalik Refet El Roman va Ezo dueti tomonidan kuylangan “Kalbine Surgun” qo‘shig‘ining o‘zidir.
Zoirbek ismli xonandaning “Do‘st” qo‘shig‘i esa “Berur” guruhining shlyagerlaridan birining musiqalarini aniq takrorlagan.
Hozir nafaqat Uzbek Estradasi yulduzlari o'g'irlashyapti, o'sha yulduzlarimizning qo'shiqlarini Kirgizston qoshiqchilari yuzsizlarcha kochirishyapti. Radiolarda, TV larda takror takror berishyapti ozining yangi qoshigi sifatida. Eshitib jahlim chiqadi. Azaldan Qozoq, Qirgiz qoshiqchilari Bizning Uzbek Yulduzlarimizning peshona teri evaziga yaratilgan qoshigini osongina kochirib olishadi. Bunday hollar yaqindan beri juda kopayib ketti. Endi Ozodbek Nazarbekov ning qoshiqlariga navbat keldi shekilli ikkita qoshigini tarjima qilishib kuylashyapti. Shu masalaga Sanatkotlarimiz jiddih qarashsa bolmaydimi.