Lisenziyasi yo‘q xonanda nimalardan mahrum bo‘ladi?
Bugungi kunda o‘zbek xonandalari orasida lisenziyasi tugatilganlari ko‘p uchramoqda. Ushbu lisenziyasidan ajralgan xonandalar nimalardan mahrum bo‘ladi? Ular konsert, televidenie yoki radioda qo‘shiqlarini "aylantirishi" mumkinmi? Shu kabi savollarga javob olish uchun "O‘zbeknavo" Estrada birlashmasiga murojaat qildik.
"O‘zbeknavo"ning Kun.uz saytiga ma’lum qilishicha, lisenziyasi bekor qilingan xonanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 29 iyundagi "Konsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 285-sonli qaroriga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda "O‘zbeknavo" Estrada birlashmasi tomonidan berilgan lisenziyasiz konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish, televidenie hamda radiolarda o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishga haqli emas, deb belgilangan.
Lisenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashish vakillari guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jonli ijro etolmaganlarga litsenziya bermasa yaxshi bo'lardi xatyabi 40.50% aytganlarga bersa ancha o'zgarish bo'lardi.Xozirgi kunda umuman ovozi yo'q xonandalar ko'payibketi...