Lisenziyasi olib qo‘yilgan Lola bundan hali ham saboq chiqargani yo‘q
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan lisenziyasi bekor qilingan xonanda Lola bundan yetarli xulosa chiqarmaganligi aytildi.
“Darakchi” nashrining yozishicha, lisenziyadan mahrum bo‘lganidan keyin ham u internetga yana ochiq-cochiq holatdagi suratlarini qo‘ymoqda.
“Ko‘ramiz befarqlik qaergacha borarkan. Demak, Lolaning kelgusida ijod qilish niyati yo‘q. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi nafaqat Lola, balki lisenziyasi to‘xtatilgan boshqa xonandalarning lisenziyasi olingan davrdagi faoliyatini, ijodini, omma qarshisida qanday namoyon bo‘layotganini monitoring qilib boradi. To ijobiy natijaga erishmagunimizcha, lisenziyani qaytarmaymiz”, deydi “O‘zbeknavo” birlashmasi boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov ushbu holatga munosabat bildirib.
Birlashma vakili xonandalar uyida bemalol istagan kiyimda yurishi mumkinligi, ammo xalq qarshisiga chiqqanda milliy qadriyatlarga hurmat ko‘rsatishi lozimligini ta’kidlagan.