Lolaning Lisenziyasi qaytarildi, Ilk Premera My5’da
Lolaga lisenziyasi qaytarildi degan xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida xonandaning ma’muri bilan bog‘landik.
- Darhaqiqat, "O‘zbeknavo" tomonidan Lolaga barcha faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziyasi qaytarildi.
Uning keyingi faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, yaqinda Chimyonda uning yangi “Qanot” taronasigna klip olindi. Ertaga 27 dekabr kuni poytaxtimizning "Kitob olami" do‘konida Lolaning ertak audio kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
30 dekabr kuni “Sevgimsan” taronasiga yangi klip muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Taqdimot albatta-ki, Mu5 telekanalida bo‘lib o‘tadi.